遇见数据集

MAKTABGACHA YOSHDA PSIXOFIZIOLOGIK RIVOJLANISH TAVSIFI

收藏
Zenodo2026-04-29 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarning psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotda ushbu yosh davrida markaziy asab tizimining shakllanishi, sezgi a’zolari faoliyati, harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi hamda psixik jarayonlar (idrok, xotira, diqqat, tafakkur va nutq) o‘sish dinamikasi tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning emotsional holati, ijtimoiylashuv jarayoni va individual psixologik farqlari ham ko‘rib chiqilgan. Tezisda psixofiziologik rivojlanishning asosiy omillari sifatida biologik yetilish, ijtimoiy muhit, tarbiya va o‘yin faoliyatining ahamiyati asoslab berilgan. Bolaning sog‘lom rivojlanishida to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muhit, kun tartibi hamda rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarning o‘rni alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish hamda ularning psixofiziologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务