ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLI BAKTERIYALAR VA UNING GLOBAL MUAMMOGA AYLANISHI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada antibiotiklarga chidamli bakteriyalar muammosi va uning zamonaviy tibbiyotdagi dolzarbligi yoritilgan. Antibiotiklar uzoq yillar davomida infeksion kasalliklarni davolashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa-da, ularning noto‘g‘ri va nazoratsiz qo‘llanilishi natijasida bakteriyalarda rezistentlik rivojlanmoqda. Maqolada antibiotiklarning ta’sir mexanizmi, bakteriyalarda chidamlilikning paydo bo‘lish sabablari hamda genetik mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu muammoning global miqyosdagi oqibatlari, jumladan davolash samaradorligining pasayishi, kasalliklarning og‘irlashuvi va o‘lim ko‘rsatkichlarining ortishi ko‘rib chiqilgan. Eng xavfli rezistent bakteriyalar va ularning klinik ahamiyati ham qisqacha bayon etilgan. Mazkur maqola antibiotik rezistentlik muammosiga kompleks yondashuvni yoritadi va uning yechimlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etadi.



