遇见数据集

AMIR TEMURNING MADANIY ISLOHOTLARI

收藏
Zenodo2026-05-10 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada Amir Temur tomonidan amalga oshirilgan madaniy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda Temur davrida ilm-fan, me’morchilik, hunarmandchilik, savdo va shaharsozlikning rivojlanishiga qaratilgan siyosat yoritilgan. Samarqand, Shahrisabz va boshqa yirik shaharlarda bunyod etilgan me’moriy obidalar davlat qudrati va yuksak madaniyat ramzi sifatida baholangan. Shuningdek, madrasalar, kutubxonalar va ilmiy muhitning shakllanishi Temuriylar davridagi ma’naviy taraqqiyotning muhim omili sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada Temurning olimlar, hunarmandlar va san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash siyosati natijasida Markaziy Osiyoda kuchli madaniy uyg‘onish yuzaga kelgani ta’kidlanadi. Bundan tashqari, madaniy islohotlarning keyingi Temuriy hukmdorlar davridagi ilm-fan va san’at rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ham ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Amir Temur davridagi madaniy siyosat Sharq uyg‘onishining muhim asoslaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务