MAHMUDDXO'JA BEHBUDIYNING TARBIYA HAQIDAGI QARASHLARI
收藏资源简介:
Maqolada Turkiston jadidchilik harakatining g‘oyaviy rahnomasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning tarbiya konsepsiyasi yaxlit tizim sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Behbudiyning tarbiya borasidagi qarashlarining asosiy maqsadi – millatni jaholatdan qutqarish va uyg‘otish ekanligi ochib beriladi. Uning ta’lim mazmuniga oid g‘oyalari, xususan, “usuli jadid” maktablarida diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirish zarurati tahlil etiladi. Shuningdek, Behbudiyning pedagogik manifesti sifatida e’tirof etilgan “Padarkush” dramasining g‘oyaviy-badiiy tahlili orqali uning tarbiyaviy qarashlari amaliyotda qanday aks etgani ko‘rsatiladi. Maqolada ta’lim tili va milliy o‘zlik masalasiga strategik yondashuvi hamda uning qarashlarining Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdulla Avloniy kabi jadid ma’rifatparvarlari faoliyati kontekstidagi o‘rni qiyosiy o‘rganiladi.



