ELEKTRON SAVDO PLATFORMASIDA MENEJMENT TIZIMINI KOMPLEKS DIAGNOSTIKA QILISH
收藏资源简介:
Maqolada O‘zbekiston elektron savdo bozorida faoliyat yurituvchi Uzum Market marketpleysining menejment tizimi ochiq rasmiy ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi tez sur’atlarda kengayayotgan elektron savdo platformasini faqat savdo aylanmasi bilan emas, balki sotuvchilar sifati, mahsulot kartochkalari, logistika va hududiy qamrov, mijoz tajribasi hamda raqamli infratuzilma nuqtayi nazaridan kompleks baholash uslubini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, hujjatlarni kontent-tahlil qilish, SWOT-tahlil va diagnostik matritsa usullaridan foydalanildi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, 2025-yilda Uzum e-commerce xizmatlarining umumiy aylanmasi 500 million AQSH dollaridan oshgan, buyurtmalar soni 34 milliondan ortgan, mahalliy assortiment 1,3 million SKUdan oshgan va buyurtma topshirish punktlari tarmog‘i 450 dan ortiq aholi punktida 1500 taga yetgan. Tahlil yakunida muallif tomonidan UM-IDM (Uzum Market Integrated Diagnostic Matrix) integrallashgan diagnostika matritsasi taklif qilindi. Matritsa “ko‘rsatkich - sabab - javobgar bo‘g‘in - boshqaruv chorasi” zanjiri asosida menejment qarorlarini shakllantirish imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuv marketpleysning ichki BI, CRM va logistika ma’lumotlari bilan to‘ldirilganda amaliy monitoring vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin.



