ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLILIK: KELIB CHIQISHI, MEXANIZMLARI VA OLDINI OLISH STRATEGIYALARI.
收藏DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20033188
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada antibiotiklarga chidamlilik (Antimicrobial resistance, AMR) muammosining dolzarbligi, kelib chiqish omillari, rivojlanish mexanizmlari va uni oldini olish strategiyalari tahlil qilinadi. Antibiotiklardan noto‘g‘ri va ortiqcha foydalanish, shuningdek qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilishi mikroorganizmlarda chidamlilikning rivojlanishiga asosiy sabab bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
Maqolada bakteriyalarning antibiotiklarga chidamlilik hosil qilish mexanizmlari, jumladan fermentativ inaktivatsiya, genetik o‘zgarishlar, effluks pompalar va biofilm hosil qilish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, antibiotiklarga chidamlilikni aniqlashdagi diagnostik muammolar, turli davlatlarda qo‘llaniladigan chegaraviy ko‘rsatkichlarning turli mamlakatlarda farqlanishi va epidemiologik kuzatuv tizimlarining yetarli darajada mukammal emasligi tahlil qilingan.Bundan tashqari, maqolada antibiotiklarga chidamlilikning klinik ahamiyati real misollar asosida ko‘rib chiqilgan hamda zamonaviy yondashuvlar, xususan antibiotiklardan oqilona foydalanish (antibiotic stewardship), yangi dori vositalari ishlab chiqish va alternativ davolash usullari haqida ma’lumot berilgan.
Xulosa sifatida antibiotiklarga chidamlilik ko‘p omilli global muammo ekanligi va uni samarali nazorat qilish uchun kompleks yondashuv zarurligi ta’kidlangan.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05



