PSIXOLOGIK TRENINGLARNING RIVOJLANISH TARIXI VA HOZIRGI TENDENSIYALAR
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada psixologik treninglarning vujudga kelish tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda ularning zamonaviy psixologiya va ta’lim tizimidagi hozirgi tendensiyalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Psixologik treninglarning dastlabki shakllari, guruhiy dinamika va gumanistik psixologiya doirasida shakllanishi, shuningdek, ularning pedagogik va amaliy psixologiyaga integratsiyalashuvi bosqichma-bosqich yoritib beriladi. Maqolada zamonaviy sharoitda psixologik treninglarning kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi alohida ta’kidlanadi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-tahliliy, mantiqiy umumlashtirish va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan. Olingan ilmiy xulosalar psixologik treninglarning bugungi kundagi rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va ularni ta’lim hamda amaliy psixologiya sohalarida samarali qo‘llash imkoniyatlarini asoslab beradi.



