SURUNKALI GIPERTROFIK RINITDA JARROHLIK DAVOLASH USULLARINING QIYOSIY TAHLILI
收藏资源简介:
Surunkali gipertrofik rinit – pastki burun chig'anoqlarining doimiy kattalashishi va burun shilliq pardasining gipertrofiyasi bilan kechadigan kasallik bo'lib, bemorlarning hayot sifatini jiddiy pasaytiradi. Mazkur tezisda ushbu kasallikni jarrohlik usullari bilan davolash masalasi chuqur qiyosiy tahlil asosida yoritildi. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, barcha ko'rib chiqilgan usullar burun nafas yo'lining o'tkazuvchanligini sezilarli yaxshilaydi, biroq mikrodebrider yordamidagi turbinoplastika hamda radiochastotali ablatsiya eng muvozanatli klinik natijani ta'minlashi aniqlandi. Posterior nasal neyroektomiya esa rinoreya va neyrovegetativ komponent ustuvor bo'lgan holatlarda alohida afzallik kasb etadi. Bundan tashqari, tezisda har bir bemorga individual yondashuv zaruriyati alohida ta'kidlanadi.



