遇见数据集

"XUNUKLIK" HAMDA "GO'ZALLIK" DIXOTOMIYASI INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA OLAMNING FRAZEOLOGIK MANZARASINI TASVIRLASH VOSITALARIDAN BIRI SIFATIDA

收藏
Zenodo2026-05-20 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi “go‘zallik” hamda “xunuklik” tushunchalarining frazeologik birliklarda ifodalanishi lingvokulturologik hamda semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda olamning frazeologik manzarasi nazariyasi asosida ikki xalqning estetik qarashlari, madaniy stereotiplari va baholash mezonlari o‘rganildi. Ingliz tilidagi “beauty is only skin deep”, “easy on the eyes”, “ugly duckling” kabi birliklar hamda o‘zbek tilidagi “oy desa og‘zi bor”, “ko‘rimsiz”, “bashara-bast”, “ko‘ngil go‘zalligi” kabi frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot davomida frazeologik birliklarning inson tashqi qiyofasi, ichki dunyosi, axloqiy sifatlari va jamiyatdagi estetik me’yorlarni ifodalashdagi o‘rni yoritildi. Natijalar ingliz va o‘zbek tillarida go‘zallik ko‘proq ijobiy axloqiy va estetik mezonlar bilan bog‘lanishini, xunuklik esa salbiy baholash, nomaqbullik va ijtimoiy stereotiplarni ifodalashda faol qo‘llanishini ko‘rsatdi. Maqola frazeologik birliklarning milliy tafakkur va madaniyatni aks ettiruvchi vosita sifatidagi ahamiyatini ochib beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务