TIBBIY TA'LIM PEDAGOGIKASIDA, TIBBIYOT OLIYGOXLARI TALABALARIDA MASOFAVIY TA'LIMNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI INTEGRATSIYALASHGAN PLATFORMALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH. (UMUMIY GIGIYENA MISOLIDA)
收藏DataCite Commons2026-05-04 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20029310
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada tibbiy ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilindi. Raqamli texnologiyalar, online platformalar, virtual laboratoriyalar dasturlarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi ko‘rib chiqildi va uning samarali tashkil etilishiga ta’sir etuvchi pedagogik va raqmli texnologik omillar tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish orqali bo‘lajak shifokorlarning klinik fikrlash, analitik tafakkur va amaliy kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada masofaviy ta’limning afzalliklari — ta’limning uzluksizligi, hududiy tenglikni ta’minlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni tezkor egallash imkoniyati yoritilib, tadqiqotda innovatsion platformalar — virtual laboratoriyalar sun’iy intellekt yordamida labaratoriya mashqlari va masofaviy o‘quv tizimlari samaradorligi o‘rganildi.
Shuningdek, tibbiyot ta’limida masofaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llashda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Natijalar tibbiy ta’limda raqamli transformatsiya jarayonining dolzarbligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari masofaviy o‘qitish tibbiy ta’limni (umumiy gigiyena misolida) modernizatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tibbiy ta'lim pedagogikasida masofaviy ta'limni raqamli texnologiyalar ( Moodle, Zoom, virtual laboratoriyalar, simulyatsion modullar) bilan integratsiyalashgan platformalar orqali o‘qitish samaradorligini oshirish, ayniqsa umumiy gigiyena kabi profilaktik fanlarda, ta'lim sifatini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-04



