O'ZBEKISTONDA MAVJUD TURIZM INFRATUZILMASI VA XIZMATLAR SIFATINI BAHOLASH: HOLAT, MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy tezisda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining infratuzilmasi va xizmatlar sifati kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda transport, mehmonxona, axborot-kommunikatsiya, yo‘nalishli infratuzilma obyektlarining hozirgi holati, mintaqaviy taqsimoti va rivojlanish dinamikasi o‘rganilgan. Xizmatlar sifati SERVQUAL modeli asosida baholanib, xorijiy va mahalliy turistlarning qoniqish darajasi tahlil qilingan. Tezisda turizm infratuzilmasini rivojlantirishda mavjud muammolar (mintaqaviy notekislik, kadrlar tayyorlash tizimidagi kamchiliklar, xizmatlar standartlashtirish darajasining pastligi) aniqlangan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari turizm siyosatini takomillashtirish, investitsion loyihalarni asoslash va xizmatlar sifatini oshirishda amaliy ahamiyatga ega.



