遇见数据集

ZAMONAVIY GLOBAL TAHDIDLAR SHAROITIDA OZIQ-OVQAT HAVFSIZLIGINI BOSHQARISHNING STRATEGIK YONDASHUVLARI

收藏
Zenodo2026-08-04 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Mazkur tezisda pandemiyalar, iqlim o'zgarishi, geosiyosiy beqarorlik va global logistika zanjirlaridagi uzilishlarning oziq-ovqat xavfsizligi tizimiga ta'siri tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy global tahdidlar sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning strategik boshqaruv mexanizmlarini baholash hamda inqirozlarga chidamli boshqaruv modelini taklif etishdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil (benchmarking), ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va risklarni boshqarish yondashuvlaridan foydalanildi. Natijalar oziq-ovqat xavfsizligi samaradorligi nafaqat ishlab chiqarish hajmiga, balki ta'minot zanjirining uzluksizligi, logistika infratuzilmasi, strategik zaxiralar va raqamli boshqaruv tizimlariga ham bevosita bog'liqligini ko'rsatdi. Tadqiqot yakunida davlat boshqaruvi, xususiy sektor va ilmiy muassasalar hamkorligiga asoslangan integratsiyalashgan strategik boshqaruv modeli taklif etildi. Ushbu model oziq-ovqat tizimining barqarorligini oshirish, risklarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务