O'ZBEK MILLIY CHOLG'ULARI ATAMALARINING EVOLYUTSIYASI VA ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek musiqiy madaniyati tarkibidagi cholg‘u asboblari terminologiyasining tarixiy shakllanishi va rivojlanish omillari interdisiplinar yondashuv asosida yoritiladi. Tadqiqotda arxeologik topilmalar (xususan, Afrosiyob terrakotalari), qoyatosh tasvirlari, miniatyura va amaliy san’at namunalari, shuningdek, Sharq allomalari risolalari hamda jadid davri musiqashunoslik merosi qiyosiy tahlil qilindi. Manbalar asosida sug‘diy muhitda ud, arfa, naysimon, tanbursimon hamda zarbli cholg‘ular keng qo‘llangani va bu holat terminologik xilma-xillikni shakllantirganligi asoslanadi. Cholg‘ularning yasalishida qo‘llangan xomashyo (yog‘och, hayvon terisi, ichak, ipak va metall simlar)ning evolyutsiyasi tovush sifati bilan birga nomlanish tizimiga ham ta’sir etgani ko‘rsatib beriladi. Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy singari mutafakkirlarning nazariy qarashlari hamda Fitrat va Cho‘lpon asarlaridagi musiqiy obrazlar terminlarning semantik qatlamini boyituvchi omil sifatida talqin qilinadi. Mazkur tadqiqot o‘zbek musiqiy terminologiyasini global etnomusikologiya va terminologiya nazariyasi kontekstida o‘rganish uchun metodologik model sifatida xizmat qiladi.



