XALQARO LOYIHALARDA KOMMUNIKATSIYA RISKLARINI KAMAYTIRISHDA INGLIZ TILI ASOSIDA SAMARALI ALOQA TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada xalqaro loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan kommunikatsiya risklari hamda ularni ingliz tili asosida samarali aloqa tizimini shakllantirish orqali kamaytirish masalalari tadqiq etiladi. Xalqaro loyiha jamoalarining turli til va madaniy muhit vakillaridan tashkil topishi axborotni noto‘g‘ri talqin qilish, vazifalarni turlicha tushunish, qarorlar qabul qilish jarayonining kechikishi va manfaatdor tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, ingliz tilidan umumiy ishchi til sifatida foydalanish, loyiha ishtirokchilarining kasbiy til kompetensiyasini rivojlantirish, kommunikatsiya jarayonlarini standartlashtirish hamda raqamli aloqa vositalaridan samarali foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ingliz tili asosidagi tizimli kommunikatsiya mexanizmi xalqaro loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni yaxshilash, kommunikatsiya xatolarini kamaytirish va loyiha boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilishini asoslashga qaratilgan.



