遇见数据集

"NIZOLI VAZIYATLARNI HAL QILISHDA TRENING METODLARIDAN FOYDALANISH"

收藏
Zenodo2026-02-20 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada nizoli vaziyatlarni hal qilishda trening metodlaridan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari hamda amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda konflikt tushunchasining psixologik mohiyati, uning kelib chiqish omillari, shaxslararo munosabatlar va guruh dinamikasiga ta’siri yoritiladi. Nizolarni konstruktiv hal etishda trening metodlarining o‘rni, xususan, rolli o‘yinlar, situatsion tahlil (case-study), kommunikativ trening, muzokara ko‘nikmalarini rivojlantirish, assertiv xulq-atvorni shakllantirish hamda emotsional regulyatsiya texnikalarining ta’sir mexanizmlari ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. Maqolada trening jarayonida shaxsning refleksiv tafakkuri, empatiya, faol tinglash, “Men-xabar” (I-message) texnikasi, konfliktni boshqarish strategiyalari va murosa madaniyatini rivojlantirishning psixologik ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, nizoli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha trening dasturlarini ta’lim muassasalari hamda mehnat jamoalarida qo‘llash imkoniyatlari, psixoprofilaktik yondashuv sifatidagi samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari nizolarni boshqarish kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan trening dasturlarini takomillashtirish va amaliyotga joriy etishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务