XI ASRDA TURKIY ŞE'RIY JANRLAR TARAQQIYOTI
收藏资源简介:
Uşbu maqolada XI asr turkiy adabiyotida şe’riy janrlarning şakllanişi va taraqqiyot qonuniyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy manbalarini Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig” hamda Mahmud Koşğariyning “Devonu luğotit turk” asarlari taşkil etadi. XI asr turkiy şe’riyatining janriy tarkibi xalq oğzaki ijodi an’analari, islomiy madaniyat va arab-fors adabiyoti bilan özaro aloqadorlikda tahlil qilinadi. Xususan, törtlik, qöşiq, marsiya, munozara, jangnoma, didaktik şe’riyat, masnaviy, ruboiy va qasida kabi şakl hamda janrlarning badiiy-estetik xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida XI asr turkiy şe’riyati oğzaki poetik an’anadan yozma mumtoz adabiyotga ötişning muhim bosqiçi bölgani asoslanadi. Şuningdek, mazkur davrda turkiy şe’riyatning janriy imkoniyatlari kengayib, milliy poetik tafakkurning öziga xos modeli şakllangani körsatib beriladi. Kalit sözlar: XI asr, turkiy adabiyot, şe’riy janr, janr taraqqiyoti, “Qutadğu bilig”, “Devonu luğotit turk”, törtlik, masnaviy, marsiya, munozara, jangnoma, didaktik şe’riyat, poetika



