遇见数据集

MOLIYA SEKTORIDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH: AN'ANAVIY TIZIMLAR BILAN QIYOSIY TAHLIL

收藏
Zenodo2026-02-22 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada moliya sektorida blokcheyn texnologiyalarining samaradorligi an'anaviy moliyaviy tizimlar bilan qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot maqsadi blokcheyn asosidagi moliyaviy yechimlarning tranzaksiya xarajatlari, tezligi, xavfsizligi va shaffoflik bo‘yicha an'anaviy tizimlardan afzalliklarini miqdoriy baholashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, iqtisodiy samaradorlik tahlili va case-study metodlari qo‘llanilgan. Xalqaro to‘lov tizimlari (SWIFT vs Ripple), qimmatli qog‘ozlar savdosi (an'anaviy birjalar vs DeFi), kredit skoringi va trade finance sohalari bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, blokcheyn xalqaro o‘tkazmalarda xarajatlarni 40-80%, vaqtni 65-95% ga qisqartiradi. O‘zbekiston bank sektorida blokcheyn joriy etilishining potensial iqtisodiy samarasi yillik 180-250 mln AQSh dollari deb baholangan. Maqolada milliy moliya sektorida blokcheyn texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务