遇见数据集

RAQAMLI KARTALARNI TUZISHDA AEROKOSMIK SURATLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

收藏
Zenodo2026-07-25 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada kadastr kartalarini tuzish va yangilashda masofadan zondlash materiallaridan foydalanish metodikasining to‘rtinchi bosqichi yoritilgan. Mazkur bosqichda 1:2000 masshtabdagi raqamli kadastr kartalarining mavzuli qatlamlari shakllantiriladi. Kadastr obyektlarini aniq geofazoviy bog‘lash uchun masofadan zondlash tasvirlari geodezik o‘lchash ma’lumotlari bilan kombinatsiya qilinadi. Natijada obyektlarning koordinatalari aniqlashtirilib, ular kadastr kartografik asosiga to‘g‘ri joylashtiriladi. Yaratilgan qatlamlarning geometrik aniqligi, atributiv to‘liqligi va amaldagi talablarga muvofiqligi nazorat qilinadi. Tayyor kadastr qatlamlari tegishli formatda rasmiylashtirilib, keyingi tekshirish, kelishish va ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun yuqori tashkilotga taqdim etiladi. Metodika kadastr ma’lumotlarining tezkor yangilanishini, ishonchliligini va fazoviy aniqligini oshirishga xizmat qiladi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-25
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务