遇见数据集

O'ZBEKISTON HUQUQ TIZIMIDA SUD PRETSEDENTI (CASE LAW) INSTITUTINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

收藏
Zenodo2025-12-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Maqola O‘zbekistonning kontinental huquq tizimida sud amaliyoti huquqi (pretsedent) elementlarini joriy etish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Mamlakat qonun ustuvorligiga asoslangan civil law modeliga amal qiladi, biroq oxirgi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi, sud qarorlari o‘rtasidagi tafovutlar va normativ-huquqiy bo‘shliqlarning ko‘payishi huquqni qo‘llashda izchillikni ta’minlash zaruratini kuchaytirmoqda. Shu bois sud qarorlarining yuridik kuchini kuchaytirish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. Tadqiqotda pretsedent tizimining mohiyati, uning anglo-sakson va kontinental huquqdagi o‘rni qiyosiy tahlil qilinadi. Amaldagi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda sud qarorlari normani izohlovchi manba sifatida qo‘llansa-da, ular majburiy kuchga ega emas. Bu esa bir xil holatlarga nisbatan bir xil yondashuvni shakllantirishni qiyinlashtiradi. Maqola O‘zbekiston sharoitiga mos “cheklangan pretsedent” modelini taklif qiladi. Unga ko‘ra, faqat Oliy sudning umumiy ahamiyatga ega ayrim qarorlariga majburiy kuch berilishi, yagona elektron pretsedentlar reyestri yaratilishi va sudyalar uchun talqin metodikasi takomillashtirilishi lozim. Xulosa sifatida, pretsedent elementlarining bosqichma-bosqich joriy etilishi huquq tizimining izchilligi, yuridik aniqlik va sud amaliyotining barqarorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-12-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务