遇见数据集

ULUG'BEK HAMDAM SHE'RIYATIDA ESTETIK IDEAL VA LIRIK QAHRAMON TALQINI

收藏
Zenodo2026-01-16 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yetuk vakili Ulug‘bek Hamdam she’riyatida estetik ideal va lirik qahramon talqini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida shoir lirikasida estetik idealning shakllanishi, uning ma’naviy-axloqiy mezonlar bilan uyg‘unligi hamda lirik qahramon obrazining individual va ijtimoiy jihatlari ochib beriladi. Ulug‘bek Hamdam she’rlarida lirik qahramon ko‘pincha ichki kechinmalar, ruhiy izlanishlar va hayotiy qarama-qarshiliklar orqali namoyon bo‘lib, u estetik ideallarning badiiy ifodasiga xizmat qiladi. Maqolada shoir poetikasining o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy tasvir vositalari hamda falsafiy mushohadalarning estetik mazmuni asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Ulug‘bek Hamdam she’riyatining zamonaviy o‘zbek adabiy jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-16
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务