MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINI RAQAMLI VA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanishning zamonaviy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Raqamli platformalar, adaptiv o‘quv dasturlari, SI yordamida shaxsiy ta’lim rejalari tuzish, administrativ vazifalarni avtomatlashtirish va bolalar rivojlanishini monitoring qilish orqali tarbiyachilarning kasbiy samaradorligini oshirish tahlil etiladi. Maqolada kontekstual o‘qitish, loyiha asosidagi ta’lim, interaktiv vositalar va SI asosidagi dasturlar kabi strategiyalar ta’kidlanadi. Real hayotiy stsenariylar, o‘yinli faoliyatlar, hamkorlik loyihalari va raqamli platformalarni tarbiyachilarni tayyorlash dasturlariga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.



