REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLARDA ADENOMIOMANI TASHXISLASH VA LAPAROSKOPIK DAVOLASHNING KLINIK SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolaning maqsadi adenomiomaning etiologiyasi,klinik belgilari,diagnostikasi hamda zamonaviy davolash usullarini ilmiy manbaalar asosida o'rganish va tahlil qilishdan iborat. So'nggi yillarda global miqyosda ayollar reproduktiv salomatligi ko'rsatkichlarida salbiy tendensiyalar kuzatilmoqda.Adenomioma deb ataladigan kasallik bachadonning keng tarqalgan patologik kasalliklaridan biri hisoblanadi va unda endometriy to'qimasi miometriy qavatiga kirib borishi natijasida o'zgarishlar yuzaga keladi.Ushbu kasallik belgilari ko'pincha kuchli hayz og'riqlari,ko'p miqdorda qon ketishi hamda bepushtlik kabi klinik belgilar bilan namoyon bo'ladi.Ayollar reproduktiv salomatligiga bo'lgan e'tibor ortishi ginekologik kasalliklarni shu bilan birga adenomiomani erta aniqlash va samarali davolash masalasini yechib berdi.



