遇见数据集

BANK FAOLIYATINI RAQMLASHTIRISH ORQALI BANK XIZMATLARI SIFATINI OSHIRISH YO'LLARI

收藏
Zenodo2026-07-29 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada bank faoliyatini raqamlashtirish jarayonlarining bank xizmatlari sifatiga ta’siri bank texnologiyalari nuqtayi nazaridan baholangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi zamonaviy raqamli texnologiyalar, jumladan, mobil banking, internet-banking, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili, biometrik identifikatsiya, bulutli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish tizimlarining bank xizmatlari tezkorligi, qulayligi, ishonchliligi hamda mijozlar qoniqishiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va ekspert baholash usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijasida bank jarayonlarini raqamlashtirish operatsion xarajatlarni kamaytirishi, xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirishi, xizmatlardan masofadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi va mijozlarga individual yondashuvni kuchaytirishi asoslangan. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, texnologik infratuzilmaning barqarorligi va aholining raqamli savodxonligi bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Maqolada bank xizmatlari sifatini oshirish uchun raqamli platformalarni takomillashtirish, sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarni kengaytirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash va mijozlar tajribasini doimiy monitoring qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务