OʻZBEKISTONDA OILANING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda oilaning konstitutsiyaviy asoslari yangi tahrirdagi Konstitutsiya, Oila kodeksi, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik hamda soʻnggi islohotlar bilan uzviy bogʻliq holda tahlil qilinadi. Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini sifatida nafaqat ijtimoiy-ma'naviy institut, balki konstitutsiyaviy-huquqiy himoya obyekti sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi oilaga oid konstitutsiyaviy normalarning mazmunini, ularning amaliy-huquqiy ta'sirini va zamonaviy davlatchilik sharoitidagi rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda yoritishdan iborat. Maqolada normativ-huquqiy tahlil, qiyosiy-huquqiy yondashuv, tarixiy-mantiqiy izohlash va ilmiy adabiyotlarni sistemalashtirish metodlari qoʻllandi.



