KORXONALARNING INNOVATSION RIVOJLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur tezisda korxonalarning innovatsion rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ishning maqsadi ushbu omillarni tizimlashtirish, ularning o‘zaro bog‘liqligini yoritish hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. Ichki omillar sifatida moliyaviy resurslar, inson kapitali, tashkiliy madaniyat, boshqaruv tizimi, texnologik baza va korxona strategiyasi ko‘rib chiqilgan. Tashqi omillar doirasida davlat siyosati, huquqiy muhit, bozor raqobati, iste’molchilar talabi, investitsiya imkoniyatlari va ilmiy hamkorlikning o‘rni muhokama qilingan. Korxonaning ichki salohiyatini tashqi muhit imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlangan. Innovatsion strategiyani ishlab chiqish, xodimlar malakasini oshirish, texnologik bazani yangilash hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.



