five

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA HUQUQIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNINING O'ZIGA XOS JIHATLARI

收藏
NIAID Data Ecosystem2026-05-02 收录
下载链接:
https://zenodo.org/record/14590408
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Bo'lajak o'qituvchilarda huquqiy kompetentlikni rivojlantirishning o'ziga xos jihatlari mavzusi zamonaviy pedagogik ta'limda dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan biridir. Ushbu tadqiqotda o'qituvchilarni tayyorlash jarayonida huquqiy bilimlarni chuqurlashtirish va amaliy ko'nikmalarni shakllantirish muhimligi asoslanadi. Huquqiy kompetentlik, nafaqat o'zining huquqiy hujjatlarini bilish va ularga amal qilish, balki o'quvchilarga qonuniy me'yorlarni to'g'ri tushuntirish va o'rnak ko'rsatish orqali ularda huquqiy ongni shakllantirishni o'z ichiga oladi. Tadqiqotda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi: Bo'lajak o'qituvchilarni ta'lim dasturlarida huquqiy savodxonlikni oshirishga yo'naltirilgan maxsus kurs va treninglarning ahamiyati. Pedagogning huquqiy kompetentligini o'lchash va baholash mezonlari. Huquqiy bilimlarning pedagogik jarayondagi integratsiyasi. Mazkur mavzuda olib borilgan izlanishlar huquqiy bilimlarning nafaqat nazariy, balki amaliy qo'llanilishi yo'llarini yoritib beradi. Shuningdek, mavzu bo'lajak pedagoglarni ijtimoiy adolat tamoyillariga sodiqlik ruhida tarbiyalashning o'ziga xos xususiyatlarini ham ochib beradi. Tadqiqot natijalari ta'lim tizimida huquqiy ong va mas'uliyatni rivojlantirishga qaratilgan samarali strategiyalarni taklif etadi.
创建时间:
2025-01-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务