GLOBALIZM SHAROITIDA O'ZBEK TILINING MILLIY O'ZIGA XOSLIGINI SAQLASH STRATEGIYALARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada globalizm sharoitida o‘zbek tilining milliy o‘ziga xosligini saqlash masalalari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Globallashuv jarayonlari natijasida tillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir kuchayib borayotgani, ayniqsa, kichik va rivojlanayotgan tillar uchun yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirayotgani asoslab beriladi. Tadqiqotda o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, uning madaniy va ijtimoiy ahamiyati hamda zamonaviy kommunikatsiya muhitida tutgan o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tilning leksik boyligini saqlash, xorijiy so‘zlar oqimini me’yorlashtirish, raqamli platformalarda o‘zbek tilidan foydalanishni kengaytirish va yoshlar orasida tilga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish kabi strategiyalar ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va davlat til siyosatining o‘zaro uyg‘unligi tilni asrashda muhim omil ekani ta’kidlanadi. Natijada, globalizm sharoitida milliy tilni rivojlantirish faqat lingvistik emas, balki ijtimoiy, madaniy va texnologik yondashuvlarni ham talab qilishi xulosa qilinadi.



