遇见数据集

MIF – BADIIY TAFAKKUR MANBAI SIFATIDA ( D. O'RAYEVA NAZARIY QARASHLARI ASOSIDA)

收藏
Zenodo2026-01-10 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Insoniyat tafakkuri tarixida mifologiya alohida o‘rin egallaydi. Chunki miflar insonning borliqni, tabiat va jamiyatni anglashga bo‘lgan dastlabki urinishlarini ifoda etadi. Mif orqali qadimgi inson o‘zining dunyoqarashi, e’tiqodi va hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirgan. Shu jihatdan mif nafaqat qadimgi e’tiqodiy qarashlarning in’ikosi, balki badiiy tafakkurning ildizi, san’atning dastlabki manbai sifatida ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbek folklorshunosligida mifning tabiati, mazmuni va badiiy xususiyatlarini ilmiy tahlil etish borasida bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ular orasida D. O‘rayeva qarashlari alohida e’tiborga loyiqdir. Olimaning ilmiy izlanishlari mifni inson tafakkurining eng qadimgi shakli sifatida talqin etib, uning badiiy ijodga ta’sirini chuqur tahlil qiladi. U mifni nafaqat diniy e’tiqod mahsuli, balki xalqning estetik va ma’naviy dunyoqarashini ifodalovchi badiiy tizim sifatida ko‘radi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务