"XUNUKLIK" HAMDA "GO'ZALLIK" DIXOTOMIYASI INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA OLAMNING FRAZEOLOGIK MANZARASINI TASVIRLASH VOSITALARIDAN BIRI SIFATIDA
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy tezisda ingliz va o‘zbek tillaridagi “go‘zallik” hamda “xunuklik” tushunchalarining frazeologik birliklar orqali ifodalanishi lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida frazeologik birliklarning xalq dunyoqarashi, estetik tafakkuri va milliy mentalitetni aks ettiruvchi vosita sifatidagi o‘rni yoritilgan. Ingliz va o‘zbek tillarida go‘zallik va xunuklikni ifodalovchi frazeologizmlar semantik jihatdan qiyosiy o‘rganilib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, frazeologik birliklarning olamning frazeologik manzarasini shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida estetik kategoriyalar til birliklarida xalqning madaniy qadriyatlari va ijtimoiy qarashlari bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.



