HARBIY XIZMATCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada harbiy xizmatchilar jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning zamonaviy usullari, ularning jangovar shaylikka ta’siri hamda xizmat samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, jismoniy mashg‘ulotlarni rejalashtirish, individual yondashuv asosida tayyorgarlikni tashkil etish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Muallif harbiy xizmatchilarning chidamlilik, tezkorlik, kuch va psixologik barqarorligini rivojlantirishda muntazam mashqlarning ahamiyatini asoslab beradi. Maqolada jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish orqali harbiy intizomni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ekstremal vaziyatlarda samarali harakat qilish qobiliyatini oshirish mumkinligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, harbiy ta’lim muassasalarida jismoniy tayyorgarlik tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.



