BACHADON MIOMASINING TURLARIGA BOG'LIQ HOLDA XOMILODARLIK VA TUG'RUQNING KECHISHI XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Bachadon miomasi – keng tarqalgan ijobiy sifatli, silliq mushak elementlaridan reaktiv yuzaga keladigan, keyinchalik to‘qima gipoksiyasi sharoitida fibrozlanadigan o‘simtasimon hosila. Bachadon miomasida homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr ko‘pincha asoratlar bilan kechadi va ba'zan homilaning nobud bo‘lishi, reproduktiv a'zoning olib tashlanishi bilan yakunlanadi. Shu tariqa, bir tarafdan, mioma ayolning reproduktiv funksiyasini sezilarli darajada pasaytiradi, boshqa tarafdan esa, ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan tug‘ish yoshidagi bemorlar sonining ortishi, hozirgi paytda birinchi homiladorlikni kech reproduktiv yoshda rejalashtirish tendensiyasining o‘sib borayotgani ginekologlar uchun ushbu patologiyada homiladorlik va tug‘ruqni olib borishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Kalit so‘zlar: homiladorlik, tug‘ruq, bachadon miomasi, kesar kesimi, tabiiy tug‘ruq, miomektomiya.



