XVI–XVIII ASRLARDA BUXORO XONLIGIDA ISLOMIY ILMLAR, TARIXIY-ADABIY TAFAKKUR HAMDA AMALIY BILIMLAR TARAQQIYOTI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada XVI–XVIII asrlarda Buxoro xonligida ilm-fanning asosiy yo‘nalishlari, xususan, islomiy ilmlar, tarixiy-adabiy tafakkur hamda amaliy bilimlarning rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Buxoro xonligining diniy-ilmiy muhitida madrasa, masjid, xonaqoh, kutubxona va vaqf tizimining tutgan o‘rni, islomiy fanlarning ta’lim tizimidagi ustuvorligi, tasavvufiy an’analarning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, tarixnavislik, adabiyot, tarjimonlik, kitobat, tibbiyot, nujum, handasa va musiqashunoslik kabi yo‘nalishlarning taraqqiyoti hamda ularning xonlikning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada ilm-fan taraqqiyoti Buxoro xonligida jamiyat ma’naviy barqarorligi, tarixiy xotira va madaniy merosning shakllanishida muhim omil bo‘lgani asoslanadi.



