遇见数据集

EKZISTENSIAL YONDASHUV ASOSIDA SHAXSIY RIVOJLANISH TRENINGLARI

收藏
Zenodo2026-02-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ekzistensial psixologiya yondashuvi asosida tashkil etilgan shaxsiy rivojlanish treninglarining nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ekzistensial yondashuv shaxsning hayot mazmuni, erkin tanlov, mas’uliyat, yolg‘izlik va o‘lim kabi fundamental mavjudlik masalalarini anglash jarayoniga alohida e’tibor qaratadi. Maqolada ekzistensial treninglarning shaxsiy rivojlanish jarayoniga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri, trening mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan asosiy metod va texnikalar ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berilgan. Shuningdek, ekzistensial yondashuv asosida tashkil etilgan treninglar shaxsning o‘z-o‘zini anglash darajasini oshirish, hayotiy maqsadlarni aniqlashtirish va ichki resurslarni faollashtirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ekzistensial treninglar shaxsning psixologik yetukligini shakllantirish va hayotiy qiyinchiliklarga nisbatan ongli munosabatni rivojlantirishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari amaliy psixologlar, trenerlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务