INSON SHA'NI VA QADR-QIMMATI DAXLSIZLIGINI HIMOYA QILISH: RAQAMLI DAVRDAGI YANGI TAHDIDLAR
收藏资源简介:
Mazkur maqolada inson sha’ni va qadr-qimmatining daxlsizligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida ushbu huquqqa nisbatan yuzaga kelayotgan yangi tahdidlar tahlil qilinadi. Raqamli muhitda shaxsning obro‘si, shaxsiy hayoti va insoniy qadr-qimmatiga tajovuz qilish shakllari an’anaviy huquqbuzarliklardan farqli ravishda tezkor tarqalish, keng auditoriyaga yetib borish va uzoq vaqt davomida saqlanib qolish xususiyatiga ega. Maqolada kiberbulling, shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish, onlayn tuhmat va haqorat, soxta akkauntlar, manipulyatsiya qilingan foto va videolar, sun’iy intellekt asosida yaratiladigan deepfake kontent hamda shaxsning roziligisiz raqamli tasvirlardan foydalanish kabi tahdidlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, raqamli muhitda inson sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishning huquqiy, texnologik va institutsional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.



