O'ZBEK TILIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING YANGILANISHI VA ZAMONAVIY NUTQDA ISHLATILISHI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning zamonaviy til taraqqiyoti jarayonida yangilanish xususiyatlari hamda ularning bugungi nutq amaliyotidagi qo‘llanish holati tahlil qilinadi. Frazeologik birliklar tilning milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim qatlamlardan biri bo‘lib, ular xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi va mentalitetini o‘zida mujassamlashtiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari hamda ijtimoiy media platformalarining keng tarqalishi natijasida o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning semantik va uslubiy imkoniyatlari kengayib bormoqda. Tadqiqot davomida frazeologik birliklarning transformatsiyasi, yangicha kontekstlarda qo‘llanishi, qisqarishi, kengayishi va semantik modifikatsiyalari o‘rganildi. Shuningdek, zamonaviy publitsistik, badiiy va internet matnlarida uchraydigan yangi frazeologik qo‘llanishlar tahlil qilindi. Natijalar o‘zbek tilining frazeologik tizimi dinamik rivojlanayotganligini hamda zamonaviy kommunikativ ehtiyojlarga moslashayotganligini ko‘rsatadi.



