ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MA'NAVIY OLAMINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI VA SHART-SHAROITLARI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ma’naviy dunyoni shakllantirish jarayoni innovatsion texnologiyalar asosida nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Hozirgi zamonaviy ta’lim muhitida bolalarning axloqiy hamda ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqot doirasida interfaol ta’lim metodlari, raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari hamda kreativ pedagogik yondashuvlarning ma’naviy tarbiya jarayonidagi o‘rni va samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, innovatsion pedagogik vositalarning tarbiyaviy jarayonga ta’siri, ularning ustun jihatlari va ayrim cheklovlari tahlil qilingan hamda amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari ilmiy asosda izohlangan. Mazkur maqola maktabgacha ta’lim pedagoglari, psixologlar hamda ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.



