PERI- VA POSTMENOPAUZA DAVRIDAGI AYOLLARDA TOS A'ZOLARINING PROLAPSI VA JINSIY DISFUNKTSIYANI JARROHLIK YO'LI BILAN KORREKSIYA QILISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
收藏资源简介:
Xar bir ayollarning uylagani , pre- va menopauza yoshidagi ayollar sog‘lom bo‘lishni, jismoniy va ma'naviy jihatdan yaxshi holatda turishi, chiroyli, seksual va go‘zal ko‘rinishda bo‘lishni xoxlaydi. Ba'zan barcha ayollar ham klimakterik davrga xos bo‘lgan holatlar — ya'ni, ayollar seksual disfunksiyasi (ASD), kin prolapsini va boshqa bir qator somatik kasalliklar haqida tulik ma'lumotga ega emas. Bugungi kunda statistik taxlillarga kura 2030 yilga kelib, xozirgi kunga nisbatan 80 yoshli ayollarda 4 baravarga oshadi. Bu esa, ayollar seksual disfunksiyasi, genital prolapsi, osteoporoz va menopauzaga bog‘liq boshqa qator holatlarning ko‘payishiga olib keladi. Perimenopauza va menopauza davriga kirgan ayolning seksual sog‘ligi uning shaxsiy hayotida muhim o‘rin tutadi, jamiyat, oila va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatiga turli jihatdan ta'sir ko‘rsatadi. Menopauzadagi ayollarda jinsiy aloqalarda og‘riq his qilishdan qo‘rqish, ularni seksdan butunlay voz kechishga olib kelishi mumkin. Lekin ayollarning perimenopauza va menopauza davrida jinsiy faolligini davom ettirishi sog‘liq va hayot sifatini saqlab qolishda juda muhim ahamiyatga ega. Jinsiy hayotdagi "yosh chegarasi" degan tushuncha yo‘q – yillar o‘tishi bilan ayol tanasining tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi mumkin, ammo uning seksual qobiliyati emas



