遇见数据集

ABDUNABI HAMRO SHE'RIYATINING BADIIY XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-09-24 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek shoiri Abdunabi Hamro she’riyatining badiiy-estetik xususiyatlari tadqiq etiladi. Shoirning “Subhidam”, “O‘zbekdan” (“Faxriya”), “Shom quyilar…”, “Bir kamon shuvillab o‘tdi boshimdan…” kabi she’rlari hamda Alisher Navoiyning “Favoyid ul-kibar” devonidagi 565-g‘azaliga bitilgan muxammasi asosida uning poetik tafakkuri, obraz yaratish mahorati, metaforik mushohadasi, milliy va diniy-irfoniy motivlardan foydalanish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Abdunabi Hamro ijodida tong, nur, shom, gulxan, Qaqnus, daryo, bog‘, tog‘, yo‘l, kamon, osmon singari obrazlarning semantik-poetik vazifasi ochib beriladi. Shoirning milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani tiklashdagi badiiy yondashuvi “O‘zbekdan” she’ri misolida ko‘rsatiladi. Shuningdek, “Subhidam” she’rida tabiat manzarasi bilan inson ruhiyati o‘rtasidagi uyg‘unlik, “Shom quyilar…” she’rida ijodkor ruhining iztiroblari, “Bir kamon…” she’rida esa umr, taqdir va vaqt konsepsiyasi tahlil qilinadi. Muxammasda Navoiy poetik an’analarining davom ettirilishi va mumtoz adabiyot bilan zamonaviy poetik tafakkur o‘rtasidagi intertekstual aloqa yoritiladi. Natijada Abdunabi Hamro she’riyatining asosiy badiiy xususiyati milliy ruh, falsafiy mushohada, irfoniy qarash va zamonaviy lirizmning o‘zaro uyg‘unligida namoyon bo‘lishi asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务