HARBIY OLIY TA'LIMDA LOYIHAVIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada harbiy oliy ta’lim muassasalarida loyihaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi tadqiq etilgan. Loyihaviy ta’limning nazariy asoslari, uning harbiy ta’limdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. J.Dyui, V.X.Kilpatrik, E.S.Polat, I.A.Zimnyaya kabi olimlarning loyihaviy ta’lim bo‘yicha ilmiy qarashlari ko‘rib chiqilgan. Harbiy loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlari — harbiy-amaliy yo‘naltirilganlik, jamoaviylik, muddatlilik, real natijaga yo‘nalganlik — aniqlangan. Kursantlarning loyihaviy kompetensiyalarini shakllantirish bosqichlari, loyihaviy faoliyatni baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari harbiy oliy ta’lim muassasalarida loyihaviy ta’lim texnologiyasini samarali qo‘llash uchun ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.



