HOMILADOR AYOLLARDA KUZATILADIGAN GIPOTIREOZNING HOMILA RIVOJLANISHIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Gipotireoz - qalqonsimon bezning yetarli darajada gormon ishlab chiqarmasligi natijasida yuzaga keladi. Ayniqsa homiladorlik davrida bu kasallikni "sukutdagi xavf" deb atash mumkin. Chunki kasallik belgilari kech rivojlanishi mumkin ammo bo'lajak farzandning miya rivojlanishi, yurak shakllanishi va nevrologik holatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, homilador ayollarda uchraydigan gipotireoz yosh-avlod aqliy va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. So'nggi klinik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, homiladorlik davridagi gipotireoz nafaqat endokrin buzilish, balki homilaning fetal neyrogenez (miya hujayralari shakllanishi) jarayoniga bevosita ta'sir etuvchi kritik omildir. Homiladorlikning birinchi 12 haftasida homila o'zining mustaqil qalqonsimon beziga ega bo'lmagani sababli ona organizmidagi tiroksin gormonining yetishmovchiligi bolaning sinaptik bog'lanishlari va miya po'stlog'ining shakllanishini sekinlashtiradi. Sublinik gipotireoz va kognitiv funksiyalari: Tadqiqotlar shuni tasdiqladik, hatto ayolda gipotereozning yaqqol belgilari kuzatilmagan sublinik holatlarda ham (TSH darajasi 2.5-4.0 mlU/L bo'lganda) tug'ilajak bolaning kelajakda maktab yoshidagi mantiqiy fikrlash koeffitsiyenti (IQ) o'rtacha 7-10 punktga past bo'lishi aniqlangan. Bu holat "yashirin gormonal ochlik" deb ataladi. Yo'ldosh yetishmovchiligi: Gipotereoz fonida yo'ldoshda qon aylanishining buzilishi va mikrosirkulyatsiyaning pasayishi kuzatiladi. Bu homilaning bachadon ichki rivojlanishidan orqada qolishi (VRP) va surunkali gipoksiyaga olib keladi. Zamonanaviy endokrinologiya tavsiyasiga ko'ra, homiladorlik rejalashtirilayotgan bosqichda TSH darajasini 2.5ml U/L dan past holatda ushlab turish strategik ahamiyatga ega. Yod tanqisligi va epigenetika: O'zbekiston kabi yod tanqisligi endemik bo'lgan hududlarda, gipotireozning onadan bolaga o'tishi nafaqat gormonal, balki epigenetik o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkin. Bu esa bolaning kelajakda metabolik sindrom va semirishga moyilligini oshiradi.



