遇见数据集

BUXGALTERIYA XISOBIDA XATOLIKLAR VA ULARNI OLDINI OLISH USULLARI

收藏
Zenodo2026-02-04 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Buxgalteriya xisobida xatoliklar korxona moliyaviy holatini noto‘g‘ri baholashga, qarorlar sifatini pasaytirishga va moliyaviy xavflarning oshishiga olib keladi. Ushbu maqolada buxgalteriya xisobidagi eng ko‘p uchraydigan xatoliklar tahlil qilinadi, ularning sabablari aniqlanadi va ularni oldini olishning samarali usullari taklif etiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, xatoliklarning asosiy manbalari sifatida inson omili, noto‘g‘ri hujjat yuritish, standartlarga rioya qilmaslik va texnologik jarayonlarning yetarlicha avtomatlashtirilmaganligi ko‘rsatiladi. Maqolada shuningdek, ichki nazorat tizimlarini kuchaytirish, zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish, buxgalteriyaga doimiy malaka oshirish va standartlarga qat’iy amal qilish kabi xatoliklarni kamaytirish usullari batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xatoliklarni tizimli ravishda aniqlash va oldini olish korxona moliyaviy hisobotlarining ishonchliligini oshiradi, boshqaruv qarorlarini yanada asosli qiladi va moliyaviy risklarni kamaytiradi. Shu bilan birga, maqolada amaliy tavsiyalar orqali korxona ichki nazoratini kuchaytirish va buxgalteriya jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha strategiyalar taklif etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务