"GIRYON" ROMANIDA QAHRAMON XARAKTERINI OCHISHDA ICHKI MONOLOGNING O'RNI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Nazar Eshonqulning “Giryon” romanida qahramon xarakterini shakllantirish va uning ruhiy olamini badiiy ifodalashda ichki monologning o‘rni tadqiq etiladi. Asarda voqelikning tashqi hodisalaridan ko‘ra inson ongida kechayotgan ziddiyatlar, xotira, iztirob, shubha, yolg‘izlik, ma’no izlash va o‘zlikni anglash jarayonlari ustuvorlik kasb etishi ko‘rsatiladi. Ichki monolog qahramonning oddiy fikrlar yig‘indisi sifatida emas, balki uning xarakterini harakatga keltiruvchi, ruhiy konfliktni yuzaga chiqaruvchi va falsafiy qarashlarini namoyon qiluvchi poetik vosita sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, Nazar Eshonqulning psixologik tasvirga asoslangan individual uslubi va “Giryon” romanida zamonaviy inson ruhiyatining badiiy ifodasi masalasiga e’tibor qaratiladi.



