five

ISHEMIK INSULT RIVOJLANISHIDA KARDIOEMBOLIKANING O'RNI

收藏
DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20039424
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Ishemik insult butun dunyoda o'lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo'lib, uning turlari ichida kardioembolik insult alohida o'rin tutadi. Ushbu turdagi insult og'ir klinik kechish, yuqori o'lim ko'rsatkichlari va tez-tez qaytalanish tendentsiyasi bilan ajralib turadi. Markaziy Osiyo mintaqasida ishemik insult ko'rsatkichlarining yuqoriligi (132,9/100 000 aholi) muammoning mintaqaviy ahamiyatini belgilaydi. Ishemik insult rivojlanishida kardioemboliyaning ahamiyatini o‘rganish, uning klinik, diagnostik va profilaktik jihatlarini tahlil qilish hamda qaytalanish xavfini kamaytirish strategiyalarini aniqlash. Tadqiqotda zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlili, xalqaro epidemiologik ma'lumotlar (Global Burden of Disease, Framingham tadqiqoti) va klinik tavsiyalar o'rganilgan. Kardioembolik insult barcha ishemik insultlarning taxminan 20 foizini tashkil etadi. Atrial fibrillyatsiya asosiy etiologik omil sifatida 60 foiz hollarda aniqlanadi va insult xavfini 5 baravarga oshiradi. Diagnostik mezonlarning evolyutsiyasi natijasida bemorlarning 10-20 foizida simptomlar maksimal darajada boshlanmasligi, sistemik emboliya esa atigi 2 foiz hollarda klinik namoyon bo'lishi aniqlandi. Zamonaviy diagnostika usullari (transezofageal exokardiografiya, uzoq muddatli EKG monitoringi) kardioembolik insultni aniqlash imkoniyatlarini sezilarli oshirgan. Qaytalanish xavfini kamaytirishda antikoalyant terapiya (varfarin, DOAC) samaradorligi 65-70 foizni tashkil etadi. Kardioembolik insultni erta tashxislash va to'g'ri davolash qaytalanadigan hodisalarni oldini olish, bemorning nogironligi va sog'liqni saqlash xarajatlarini kamaytirish uchun zarurdir. Markaziy Osiyo mintaqasida diagnostika imkoniyatlarini yaxshilash va antikoagulyant terapiyadan keng foydalanish dolzarb vazifa hisoblanadi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05
5,000+
优质数据集
54 个
任务类型
进入经典数据集
二维码
社区交流群

面向社区/商业的数据集话题

二维码
科研交流群

面向高校/科研机构的开源数据集话题

数据驱动未来

携手共赢发展

商业合作