KO'HNUR KONIDA GIDROGEOLOGIK XUSUSIYATLARNI URAN MA'DANLASHUVIGA BEVOSITA TA'SIRI (MARKAZIY QIZILQUM)
收藏资源简介:
Qizilqum hududida yer osti suvlarining ekologik va iqtisodiy ahamiyati, ularning shakllanishi, gidrogeologik sharoitlari hamda bugungi kundagi muammolari tahlil qilingan. Qizilqum hududi katta qismi cho‘l hududlaridan tashkil topganligi sababli, cho‘l hududlarida yer osti suvlari, ichimlik, qishloq xo‘jaligi va sanoat ehtiyojlari uchun asosiy manba ekanligi ta’kidlanadi. Shu sababli, ko‘rilayotgan maqolamizda Qizilqum hududida joylashgan Ko‘xnur koni misolida keltirmoqchimiz. Ko‘xnur koni Markaziy Qizilqum uranli ma’dan hududining shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, gidrogeologik va muhandislik-geologik geotexnologik sharoitlari o‘rganilgan. Burg‘ilash ishlari natijasida konyak-santon va maastrixt gorizontlarida 14 ta quduq qazilib, ularning suv-geologik parametrlari aniqlangan. Tadqiqotlar suv qatlamlarining yaxshi filtrlash xususiyatlarga ega ekanligini, suv oqimi 4-9 m³/soat, filtrlash koeffisienti 1,1-3,0 m/kun, suv o‘tkazuvchanligi esa 36-76 m²/kun oralig‘ida ekanini ko‘rsatdi. O‘tkazilgan kimyoviy tahlillar natijasida konyak-santon gorizonti suvlarining sulfat-xloridli, maastrixt gorizonti suvlarining esa sulfat-xlorid kalsiy-magniyli tarkibda ekani aniqlandi. Radiy va uran miqdori ham aniqlanib, suv qatlamlarining yemirish (PV) usuli orqali uran qazib olish uchun qulay sharoitga ega ekanligi tavsiflandi.



