ELEKTROVOZLAR ASINXRON TORTISH DVIGATELLARINI DIAGNOSTIKA QILISHNING ZAMONAVIY USULLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada elektrovozlarning asinxron tortuvchi elektr dvigatellari (ATD) dumalash podshipniklarining texnik holatini tebranish diagnostikasi (vibrodiagnostika) usuli yordamida aniqlash va bashorat qilish masalalari koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda DPM-700B seriyali tenzousulitellar va ASH-A-100 akselerometrlari bazasida yaratilgan diagnostika majmuasi hamda tebranish signalining oʻrab oluvchi spektri tahlili (метод огибающей) qoʻllanilgan. Eksperimental tadqiqotlar davomida podshipnikning tashqi halqasi va dumalash jismida sun'iy nuqsonlar hosil qilinib, ularning diagnostik belgilari va tebranish spektridagi garmonik tashkil etuvchilari aniqlandi. Taklif etilgan tebranish diagnostikasi usuli elektrovozlarni ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida podshipnik tugunlarining yashirin nuqsonlarini erta bosqichda aniqlash, ta'mirlash sifatini oshirish va poyezdlarning behuda toʻxtab qolish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.



