TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI.
收藏资源简介:
Ushbu maqolada tijorat banklarida raqamli transformatsiya sharoitida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Bank faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish hisob jarayonlarining aniqligi, tezkorligi va shaffofligini oshirishga xizmat qilmoqda. Maqolada buxgalteriya hisobida uchrayotgan muammolar, jumladan ma’lumotlarning kechikib shakllanishi, nazorat tizimining yetarli darajada samarali emasligi hamda xalqaro standartlarga to‘liq mos kelmaslik holatlari tahlil qilingan. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun hisob jarayonlarini avtomatlashtirish, ichki audit va nazoratni kuchaytirish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘yicha aniq taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



