O'ZBEK TILIDA YUMORNING DISKURSIV TADQIQI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi yumorning diskursiv tabiati pragmalingvistik, lingvokulturologik hamda kommunikativ yondashuvlar asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotda yumorning nutq jarayonidagi funksional xususiyatlari, uning kommunikativ strategiya sifatidagi o‘rni va milliy-madaniy tafakkur bilan aloqasi tahlil qilinadi. O‘zbek tilidagi latifa, askiya, kinoya, istehzo va qochirim kabi yumor birliklari diskursiv hodisa sifatida baholanadi. Tadqiqot davomida diskurs tahlili, pragmatik tahlil, kontekstual tahlil hamda lingvokulturologik metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yumor kommunikativ muhitni yumshatish, ijtimoiy tanqidni bilvosita ifodalash va milliy mentalitetni aks ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy internet diskursida o‘zbekcha yumorning yangi shakllari shakllanayotgani aniqlandi.



