GAZNI QAYTA ISHLASH QURILMALARIDA ENERGIYA YO'QOTISHLARINI KAMAYTIRISH USULLARI
收藏资源简介:
Gazni qayta ishlash jarayonlarida energiya resurslaridan samarali foydalanish sanoat samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biridir. Gazni qayta ishlash korxonalarida turli texnologik qurilmalar kompressorlar, issiqlik almashinuvi apparatlari, sovitish tizimlari va fraksiyalash kolonnalari keng qo‘llaniladi. Ushbu qurilmalarning ishlashi jarayonida issiqlik, mexanik va gidravlik energiya yo‘qotishlari yuzaga keladi. Mazkur tezisda gazni qayta ishlash qurilmalarida energiya yo‘qotishlarini kamaytirishning asosiy texnologik usullari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida issiqlik almashinuvi jarayonlarini optimallashtirish, energiya rekuperatsiyasi texnologiyalarini qo‘llash hamda zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining samaradorligi o‘rganildi. Olingan natijalar energiya sarfini kamaytirish va texnologik jarayonlarning umumiy samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.



