XX ASRNING 30–YILLARI TANQIDCHILARI IJODI
收藏资源简介:
O‘zbek tanqidchiligi ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Biz ushbu maqolada uning XX asr tonggidan boshlangan tarixini yoritishni maqsad qilib qo'ydik. Shu o'tgan vaqt mobaynidagi adabiy tanqidning fazilatlarini oʻzlashtirish, nuqsonlarini haqqoniy tahlildan o‘tkazib, sabab va oqibatlarini aniqlash, adabiy tanqidning yozuvchilar va o‘quvchilar ommasiga ta'siri doirasini yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun zarurdir. Tanqid rivoji adabiyot rivoji bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. Adabiyot ham, tanqid ham hayotdagi go‘zallikni yoritadi va izlaydi, ularni turlicha shaklda ifoda etadi. V.G.Belinskiy bu haqda shunday yozadi: “San'atkor va adabiyotchi o‘zining san'at va adabiyot haqidagi tushunchasini bevosita yaratgan asarlarining o‘zi bilan ifoda etadi; tanqidchi esa san'at va adabiyot haqidagi tushunchasini mantiqli fikr vositasi bilan mushohada tarzida ifoda etadi. Bu holda san'at va adabiyot tanqid bilan qoʻlga qo‘l berishib boradilar va bir-birlariga o‘zaro ta'sir etadilar”



