TRENING JARAYONIDA PSIXOLOGIK MUHITNING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada psixologik trening jarayonida psixologik muhitning shakllanishi va uning trening samaradorligiga ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Psixologik muhit trening ishtirokchilarining faolligi, emotsional holati, o‘zaro ishonchi va ochiq muloqotga tayyorligi bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida yoritiladi. Tadqiqotda xavfsiz, qo‘llab-quvvatlovchi va ishonchga asoslangan psixologik muhit shaxsiy rivojlanish, refleksiya va ijobiy xulq-atvor o‘zgarishlarini ta’minlovchi asosiy omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, trening jarayonida psixologik muhitni shakllantirishda trenerning kasbiy kompetensiyasi, kommunikativ madaniyati va guruh dinamikasini boshqarish ko‘nikmalarining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari psixologik treninglarni samarali tashkil etishda psixologik muhitni ongli ravishda boshqarish zarurligini ko‘rsatadi va ta’lim hamda amaliy psixologiya sohalari uchun ilmiy-metodik ahamiyat kasb etadi.



